DYOR
DYOR — Venfiyaning shimoliy g’arbidagi shahar, Raba daryosi bo’yida, Dyorshopre medesining ma’muriy markazi. Aholisi 127,4 ming kishi (1997). Muhim temir yo’l tuguni, daryo porti. Budapesht va Mishkolsdan keyin 3-o’rindagi sanoat markazi. Asosiy sanoat tarmog’i — mashinasozlik (vagonsozlik va stanoksozlik). To’qimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Lok, bo’sq, sun’iy charm, mebel, qurilish materiallari ham ishlab chiqariladi. Pedagogika instituti, teatr, muzey va boshqalar bor. O’rta asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan.