DZAVATTINI (ZAVATTINI) CHEZARE

DZAVATTINI (ZAVATTINI) CHEZARE (1902.20.9, Ludzara — 1989) — italyan kinosan’atida neorealizm asoschisi, yozuvchi, stsenariychi va kino nazariyotchisi. Ijodi 1928 yildan boshlangan. “Hozircha mening haqimda gaplashaylik”, “men shaytonman”, “mehribon Toto” romanlari mashhur. “Men million beraman”, “Shusha”, “velosiped o’g’rilari”, “Umberto Dzavattini”, “Tom”, “Milandagi mo”jiza”, “Italyancha nikoh”, “Kungaboqarlar” kabi stsenariylari bilan Shuhrat qozongan. Uning 40 dan ortiq stsenariylari rejissyor De sika tomonidan ekranlashtirilgan. Kuba milliy kinematografiyasining vujudga kelishida ham Dzavattinining xizmati katta.