EDDINGTON ARTUR STENLI
EDDINGTON ARTUR STENLI (1882.28.12, Kendal, Uestmorlend — 1944.22.11, Kembrij) — ingliz astronomi va fizigi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1914 yildan). Kembrij universiteti rasadxonasi direktori (1914 yildan), London Qirollik astronomiya jamiyati (1921-23) va xalqaro astronomiya Ittifoqi prezidenti (1938-44). Asosiy ilmiy ishlari astrofizika, kosmologiya va nisbiylik nazariyasiga oid. Eddington yulduzlar harakatini o’rgangan, ularning ichki tuzilishi nazariy asoslarini ishlab chiqqan, birinchi marta yorqinlik muvozanati nazariyasini yulduzlar orasida qo’llagan. Yulduzlarning yorqinligi ularning massasiga bog’liq ekanligini aniqlagan. Eddington birinchi bo’lib muvozanatda bo’lgan yulduzlarning modelini hisoblagan.