EDMONTON
EDMONTON — Kanadaning Janubiy g’arbiy qismidagi shahar, Nortsaskachevan daryosi bo’yida. Alberta provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 937,8 ming kishi (2001, shahar atrofi bilan). Mamlakatning muhim savdotaqsimot, sanoat markazi. Transport yo’llarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Neft quduqlari parmalaydigan uskunalar ishlab chiqariladi. Qishloq xo’jalik xom ashyosi qayta ishlanadi. universitet bor. Shaharga 1795 yilda mo’yna savdosi bilan shug’ullanadigan kompaniyalar faktoriyasi sifatida asos solingan.