EFEBIYA

EFEBIYA (Yunoncha — o’smir) — Yunoniston (Sparta, Afina) da erkin tug’ilgan 18 yoshdan 20 yoshgacha bo’lgan o’smirlarni harbiy va fuqarolik xizmatiga tayyorlaydigan davlat tashkiloti. O’qish kazarma sharoitida 2 yil davom etgan. Birinchi yili efeblar gimnastika, kamondan otishni o’rganganlar, harbiy mashqlar o’tkazishgan. Ikkinchi yil harbiy qo’rg’onlar qurish, harbiy garnizonlarni qo’riqlash, harbiy-dengiz ishlarini o’rganish bilan shug’ullanishgan, xalq sayil va bayramlari hamda yig’ilishlarida tartib saqlanishini nazorat qilishgan. Efebiyani tugatganlar to’la huquqli fuqaro hisoblangan.