EGEY DENGIZI

EGEY DENGIZI — O’rta dengiz havzasidagi yarim berk dengiz. Bolqon va Kichik Osiyo yarim orollari va Krit oroli oralig’ida. Gretsiya va Turkiya qirg’oqlarini yuvib turadi. Dardanell bo’g’ozi orqaly marmar dengizi bilan tutash. Maydoni 191 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 2561 metr. Orol ko’p, yiriklari: shimoliy va Janubiy Sporadalar, Kiklad orollari va boshqalar suvining temperaturasi yuza qatlamida qishda 11 — 16°, yozda 22— 25°. Sho’rligi 37-38°/ O0. Suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (1 metrgacha). Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Pirey, Saloniki (Gresiya), Izmir (Turkiya).