EJEKTOR

EJEKTOR (Fransuzcha — otmoq, chiqarib tashlamoq) — gaz yoki suyuqliklarni so’rish (tortish) da ishlatiladigan apparat. Ishi boshqa gaz va suyuqliklarning kinetic energiyasidan foydalanishga asoslangan. Unda katga tezlikda harakatlanayotgan muhit (gaz yoki suyuqlik) ning kinetik energiyasi ikkinchi muhitga o’tadi. Gaz va suyuqliklarni haydab beradigan ko’p mashinalar (masalan, oqim nasoslari, vakuum nasoslari) ning ishlashi Ejektor printsipiga asoslangan. Ejektor uchish apparatlarining yonilg’i va moy berish hamda gidraachika tizimida, sovitish mashinalari, payvandlash gorelkalari, kondisionerlar, ventilyasiya qurilmalari va boshqalarda ishlatiladi. Suyuq yoqilg’ili raketa dvigatelining yonish kamerasiga yonilg’i berishda ham Ejektordan foydalaniladi. Ejektor kimyo va neftni qayta ishlash sanoatida aralashtirgich sifatida keng qo’llanadi.