EKKLESIYA
EKKLESIYA (Yunoncha) Yunonistonda xalq Majlisining eng ko’p tarqalgan nomi. Demokratik polislarda (masalan, miloddan avvalgi 5-asr o’rtasida Perikl davridagi Afinada) Ekklesiya — qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatiga ega bo’lgan davlatning oliy organi; mansabdorlarni saylab ularni doimo nazorat ostiga olgan Ekklesiya tarkibi mulkiy tsenz belgilari orqali fuqarolar orasidan tanlab olingan. Odatda, Ekklesiya o’z vazifasini bule — Ekklesiya muhokamasi uchun oldindan savollar tayyorlab qo’yadigan kengash bilan amalga oshirgan. Bir qator yunon polislarida xalq majlislari maxsus nomlar bilan atalgan: Spartada — apella, Delfa va Fessaliya shahrilarida — Agora, Argos, Epidavr, gel, Akragantda — Aliya. So’nggi davr antik yozuvchilari asarlarida xalq majlislari o’tkaziladigan joy ham Ekklesiya deb atalgan. Xristianlikda Ekklesiya deb dindorlar jamoasi, ba’zan butun cherkov tushunilgan.