EKOLOGIK KRIZIS

EKOLOGIK KRIZIS, ekologik tanglik — ekologik sistemalar, alohida hududlar yoki biosfera miqyosidagi tabiiy ofatlar; toshqin, yer silkinishi, vulkanlar otilishi, qurg’oqchilik, dovul, chigirtkalar ofati, yong’in va boshqalar holatlar oqibatida yuz beradigan ekologik vaziyat. Ekologik krizisning yuzaga kelishida, ayniqsa, odamning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan antropogen omillar: daryolarni to’sib suv oqimining o’zgartirilishi, qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, o’rmonlarning kesilishi, kon qazish ishlarining olib borilishi alohida ahamiyatga ega. Tabiat qonunlarini bilmaslik yoki ularni nazarpisand qilmasdan tabiiy resurslardan foydalanish, zavod va fabrikalar qurish, ichdan yonar dvigatellarning atmosferani ifloslantirishi natijasida ekologik muvozanatnish buzilishi Ekologik krizisning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.