EKOLOGIK MONITORING

EKOLOGIK MONITORING – atrof, tabiiy muhit va uning resurslari holatini ma’lum dastur asosida muntazam kuzatish, baholash, prognozlash (bashoratlash)ning ma’lum tizimi bo’lib, iqtisodiy-ekologik boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. U antropogen faoliyat ta’sirida atrof-muhit holatidagi o’zgarishlarni aniqlash va tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.