EKOLOGIK NAZORAT

EKOLOGIK NAZORAT — atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta‘minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo’mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o’rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo’llash bilan bog’liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy-ma‘rifiy chora-tadbirlar yig’indisini o’z ichiga oladi.