EKOLOGIK OMILLAR
EKOLOGIK OMILLAR — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga o’ziga xos ta’sir etuvchi ma’lum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik omillar va biotik omillarta bo’linadi. Ekologiyada “cheklovchi omillar” tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.