EKOLOGIK XAVFSIZLIK

EKOLOGIK XAVFSIZLIK — bu biosfera va tabiiy muhitning ekologik parametrlarini, atmosfera holatini, gidrosfera, litosfera, kosmosfera, hayvonot va o’simlik dunyosining buzilishi tahdidlarini inson hayotidagi barcha faoliyatidan qayta tiklash imkoniyatlari bo’lmagan tabiiy boyliklarni yo’qolib borishi xavf-xatarlarini oldini olishga qaratilgan xavfsizlikning turidir. Ekologik xavfsizlikning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu xavfsizlik turi alohida davlatlarning harakatlari bilan amalga oshmaydi. Balki bu jarayon butun jahon hamjamiyati faolligini talab etadi. Ekologik xavfsizlik boshqa xavfsizlik turlaridan, jumladan, milliy xavfsizlikdan farqi uning butun bashariyatga tegishliligi bilan izohlanadi. Ekologik yaxlitlikka e‘tiborsiz bo’lgan munosabat, oxir oqibatda biosfera uchun tuzatib bo’lmaydigan vaziyatni keltirib chiqaradi. Buning natijasida esa har bir xalqning tinch, osoyishta rivojlanishi va siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqaror taraqqiyotiga jiddiy tahdid soladi.