“EKONOMICHESKOE OBOZRENIYE”
“EKONOMICHESKOE OBOZRENIYE” (“iqtisodiy tahlil”) — oylik ilmiy-amaliy iqtisodiy jurnal. Muassisi iqtisodiy tadqiqotlar markazi. BMTning iqtisodiy dasturi ko’magida 1998 yildan Toshkentda rus tilida nashr qilinadi. Tahririyat kengashi O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining rahbarlaridan tashkil topgan. Ba’zi maqolalar o’zbek, ingliz tillarida bosiladi. Jurnal iqtisodchilar, tadbirkorlar, menejerlar, davlat xizmatchilariga mo’ljallangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishi masalalari, biznesni yuritish, xususiylashtirish, iqtisodiy o’sish va aholini ijtimoiy himoyalash, soliq va byudjet, pul-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalarining nazariy va amaliy masalalarini yoritadi. Nashrda mamlakat va xorij iqtisodiyoti yangiliklari, sharhlar, statistika, ishbilarmonlar uchun amaliy ma’lumotlar beriladi. Adadi 12 ming nusxa (2005).