EKSLIBRIS
EKSLIBRIS (lotincha — kitobdan) — kitobning biror kimsaga mansubligini ko’rsatuvchi belgi. Kitobning muqovasi yoki zehiga relef hosil qilib ishlanadigan (superekslibris) va muqovaning ichkari tomoniga yopishtirib qo”yiladigan (qog’oz Ekslibris) xillari bor. Gravyura usulida tayyorlanadigan Ekslibris Germaniyada 16-asrda paydo bo’lgan. Ekslibris yirik grafika ustalari (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina, A. I. Kravchenko. V. A. Favorskiy va boshqalar) tomonidan yaratilishi grafikaning mustaqil janrini yuzaga keltirdi. O’zbekistonda rassomlar V. Kaydalov, V. Kedrin, Q. Basharov, M. Kagarov, M. Starovoyt, V. Parshin va boshqalar ko’plab Ekslibrislar yaratgan.