EKSTSENTRIK
EKSTSENTRIK (lotincha — “ajratish” ma’nosini biddiradigan old qo’shimcha va — markaz) — 1) texnikada — aylanish o’qi geometriya o’qi bilan mos tushmaydigan dumaloq disk. Kulachokli mexanizmlart to’g’ri chiziq bo’yicha harakatlanayotgan shtangaga ta’sir qilib, uni zarur traektoriya bo’yicha harakatlanishga majbur qiladi. Sharnirli mexanizmlarda aylanish o’qi atrofida to’liq aylanuvchi zveno — krivoship vazifasini o’taydi. Ekstsentrik tokarlik stanoklarida ishlov beriladigan buyumlarni qisib qo’yish uchun ishlatiladi; 2) astronomiyada — olamning geosentrik sistemasidagi qo’shimcha aylana. Quyoshning doimiy burchak tezligi bilan Yer atrofidagi yillik harakatini tasavvur qilish uchun qadimiy yunon astronomi Gipparx kiritgan. Quyoshning ekliptika bo’yicha notekis harakatlanishiga sabab shuki, u markazi (S) yer (T) bilan mos tushmaydigan Ekstsentrik aylanasi bo’yicha harakatlanadi.