EKTOGENEZ
EKTOGENEZ (ekto… va …genez) 1) biologiyada mexanistik yo’nalish. Ektogenez tarafdorlari organizmlar rivojlanishini faqat tashqi sharoitning ta’siri bilan tushuntirishga urinishadi. Ularning fikricha, tashqi muhit sharoiti ta’sirining samarasi nasldan naslga ortib boradi va evolyutsion jarayonning muayyan yo’nalishda borishini belgilab beradi. Ektogenez oqimi tarafdorlari tabiatdagi qandaydir oldindan belgilab qo’yilgan maqsadga muvofiqlikni tan olishadi. Mexanolamarkizm — asosiy ektogenetik yo’nalish hisoblanadi. 2) embrionning sun’iy oziq muhitida (organizmdan tashqarida) rivojlanishi.