EKVATOR

EKVATOR (lotincha aeyaialog — teng bo’luvchi), geografik ekvator, yer ekvatori — 1) yer yuzasida qutblardan teng uzoqlikdan o’tkazilgan katta aylana chiziq; erning aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lgan va uning markazidan o’tuvchi yassi yuza bilan er yuzasining kesishgan chizig’i. Ekvator uzunligi 40 075 696 metr Ekvator. Yer sharini ikkiga — shimol va Janubiy yarim sharlarga bo’ladi. Geografik kengliklar Ekvatordan qutblarga tomon hisoblanadi. Ekvatorda kecha va kunduz doimo teng bo’ladi. Quyosh Ekvator ustida har yili 2 marta — bahorgi teng kunlik va yozgi teng quk/ShKlarda zenitda bo’ladi; 2) osmon ekvatori — osmon sferasi barcha nuqtalarining olam qutblaridan 90° da joylashgan katta doirasi. Osmon Ekvator tekisligi yer Ekvator tekisligiga parallel va kuzatish joyidan biror tomonda ufq tekisligiga 90° — (r burchak ostida qiya joylashgan, f — bu yerda joyning kengligi. Osmon Ekvator osmon sferasini shimol va Janubiy yarim sharlarga ajratadi.