Ekzobiologiya

Ekzobiologiya – biologiyaning yerdan tashqari boshqa sayyoralardagi hayot shakllarini izlash va uni о’гganish bilan shug’ullanuvchi bo’limi. Yerdagi organizmlarning o’ta noqulay sharoitda yashovchanlik mexanizmi va chegarasini, muhim bioorganik birikmalarning abiogen sintezlanish yo’llari hamda ilk biologik evolutsiya bosqichlarini aniqlash, avtomatik-biologik laboratoriyalar yordamida boshqa sayyoralardagi hayot belgilarini topish usullarini ishlab chiqish kabi masalalarni tadqiq etadi.