“EL BAYROG’I”
“EL BAYROG’I” — milliy gazeta. 1917 yil 8 sentyabrdan Qo’qon shahrida “G’ayrat” kutubxonasi tomonidan nashr etila boshlagan. 1917 yil 13 dekabrdan keyin Turkiston muxtoriyatitsht rasmiy gazetasiga aylangan. “Turk elining moddiy va ma’naviy ehtiyojidan bahs etadi, muvaqqat hukumatning tadbir va siyosatlaridan” yozsada, ammo, asosan “Yashasin, Turkiston muxtoriyati, yashasin, qo’shma xalq jumhuriyati” shiori ostida xalqning ijtimoiy ongini uyg’otishga intilgan. Qo’qonda barpo etilgan Turkiston Muxtor Respublikasini himoya qilgan va uning fikrini izhor etgan. Gazetaga Bulat Soliyev, keyinroq Ashurali zohiriy muharrir bo’lgan. Abdulla Begiy (Mustaqaev), No’shiravon Yovushev, Abdulla Xayrulla o’g’li, O’g’uzxon (Qoriyev), Teshaboy (Cho’lpon), Sardor, Ismoil Obidov, Hoji Hofiz Nurmuhamedov, Yunusjon Og’aliqov, Rauf Yoqubov va boshqalar o’z maqolalari bilan gazetaga muntazam qatnashib turgan. 20 soni chiqib to’xtagan. Adadi 1000 nusxaga yetgan.