ELCHI
ELCHI — 1) bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi diplomatik vakil. Muxtor vakil hisoblanmish Elchi zimmasiga diplomatik aloqalar o’rnatish, davlatlar yoxud dushman tomonlar o’rtasida tinchlik o’rnatish, hamkorlikdagi harakatlarga oid bitimlar tuzish, davlat boshlig’i yoki hukmdor sulola a‘zolarining vafoti munosabati bilan ta‘ziyalar bildirish, biron bir shodiyona bois muborakbodlar qilish kabi mas‘uliyatlar yuklatilgan. Elchining o’ldirilishi yoki hibs qilinishi aksariyat diplomatic munosabatlarning keskinlashuviga, ba‘zan uzilishiga olib kelgan. 2) oliy diplomatiya darajasi – favqulodda va muxtor elchi.