ELCHIXONA

ELCHIXONA — 1) elchi yoki boshqa birinchi klass diplomatik vakil tomonidan boshqariladigan diplomatik vakillik; 2) suveren davlatning boshqa suveren davlat qoshidagi diplomatik vakolatxonasi. Shu vakolatxona joylashgan bino.