ELEKTRETLAR
ELEKTRETLAR — tashqi elektr maydon bo’lmaganda ham elektrlangan holatini uzoq muddat saqlaydigan qattiq dielektriklar. Elektretlar xossalari bo’yicha doimiy magnitlarga o’xshashdir. Bunday xossalar qator organik (parafin, naftalin, ebonit, slyuda va boshqalar) va noorganik (oltingugurt, ishqoriyer metallari titanatlari — Satyu3, 1gtyu3 va boshqalar) moddalarda namoyon bo’ladi. Elektretlar olinish usuliga qarab, termoelektretlar va fotoelektretlarga bo’linadi. Dielektrikni erish temperaturasi yoki unga yaqin temperaturagacha qizdirib, o’zgarmas kuchli elektr maydonda sovitish yo’li bilan barkaror termoelektret olinadi. Maydon ta’sirida molekulyar dipollarning qutblanishi ro’y beradi, dielektrik sovitilgandan va tashqi maydon olinganidan so’ng ham qisman saqlanib qoladi. Dielektriklar kuchli elektr maydonda yoritilsa, fotoelektretlar hosil bo’ladi. Elektretlar elektrlangan holatini bir necha kundan million yillargacha saqlashi mumkin. Elektretlar doimiy elektr maydoni manbai sifatida qo’llaniladi. Elektret mikrofonlar, telefonlar, vibrodatchiklar va boshqalarning ishi o’zgaruvchan tokning elektret elektr maydonida induktsiyalanishiga asoslangan. Fotoelektretlardan elektrofotografiyada foydalaniladi.