Elektrli ilonbaliq elektrli baliqlar guruhiga kiradi. Ular elektr razryadlari yordamida o’lja tutadi va dushmanlaridan himoyalanadi. Ular ham boshqa baliqlarga o’xshash va avloddoshdir, ammo ulardan farqli o’laroq, elektr energiyasiga ega. Buning qanday hosil bo’lganini olimlar hozirga qadar aniqlagan emas. Ular orasida eng xavflisi Janubiy Amerikada yashaydigan Braziliya elektrli ilonbalig’idir. Bu maxluqlar yo’g’on, qora tanli bo’lib, Orinoko va Amazonkaga qo’yiladigan daryolarda hayot kechiradi. Ularning bo’yi, ko’pincha ikki metr keladi, elektrli a’zolari joylashgan dumi bilan zarba berganda otday yirik jonivorlarni ham shok holatiga sola oladi! Aytishlaricha, odamni bir necha soat hushsiz qilib tashlar ekan. Elektroskat deb nomlangan yana bir elektrli baliqning bo’yi bir yarim metr atrofidadir. U tropik Afrikaning hamma yirik daryolarida yashaydi. Elektrli baliqlarning uchinchisi suv osti snaryadisimon skatdir, uni tropik dengizlarning barchasida uchratish mumkin. Ular, asosan sohillar yaqinidagi chuqurliklarda yashaydi. Bu guruhning bo’yi bir yarim metr keladigan, og’irligi 90 kilogramm tosh bosadigan yana bir turi Atlantika okeanida hayot kechiradi. Elektroskatning yelkasi qora, qorin qismi oqdir. U dumaloq va yassi bo’lib, kuchli dumga ega. Uning elektrli a’zolari bosh va oyqulog’i o’rtasida joylashgan. Mana shu baliqlar ustida olib borilgan tadqiqotlar ko’rsatishicha, u o’z elektr energiyasini sarflab bo’lgandan keyin uni tiklash uchun yana ovqatlanishi va dam olishi taqoza etilar ekan.

Nima uchun guruch suv ostida o’stiriladi?

Eng ulkan hajmdagi bo’shliqlik koinotda qayer?

Nimaga kimdir sizga ovqat tayyorlab bersa, ovqat yanada mazaliroq bo’ladi?

Nimaga dengizchilarni qo’l soati 24 soatdan iborat?

Nimaga yoqilg’i quyish shoxobchalarida plastik idishlardan foydalanish mumkin emas?

Nimaga Buyuk Britaniya — London telefon butkalari aynan qizil rangda?

Nimaga ko‘z uchadi?

Nimaga Xitoy tayoqchalari ekologiyaga zararli?

Nimaga ruchkani qopqog’ida teshik bor?
