ELEKTRODINAMIKA

ELEKTRODINAMIKA — fizikaning elektromagnit hodisalarni o’rganish bilan shug’ullanadigan bo’limi. Klassik Elektrodinamika, kvant Elektrodinamika va harakatlanuvchi muhit Elektrodinamikasidan tarkib topgan. Klassik Elektrodinamika ikki qismdan iborat; 1) klassik makroelektrodinamika — makroskopik elektromagnit hodisalarning klassik nazariyasi; uning asosiy qonuniyatlarini J. Maksvell tenglamalari ifodalaydi; 2) klassik mikroelektrodinamika — mikroskopik elektr harakatlarining klassik nazariyasi, uning asosiy qonunlarini Maksvell — Lorents differentsial tenglamalari ifodalaydi. Kvant Elektrodinamika juda kichik fazo va vaqt oralig’ida o’zgaruvchi elektromagnit maydoni va zaryadli zarralar bilan o’zaro ta’sirini uning uzunliklari xossalari, ya’ni kvant xossalarini e’tiborga olgan holda o’rganadi va elektromagnit hodisalarning kvant nazariyasi hisoblanadi. Harakatlanuvchi muhitlar Elektrodinamikasida harakatlanuvchi jismlarda ro’y beradigan elektromagnit hodisalar ularning xossalari, xususan, harakatlanuvchi muhitda tarqaladigan elektromagnit to’lqinlarning tarqalish jarayoni o’rganiladi. Elektrodinamikaning bu sohasi nisbiylik nazariyasi bilan bog’liq.