ELEKTROMETALLURGIYA

ELEKTROMETALLURGIYA — metallar va qotishmalarni elektr toki yordamida olishning sanoat usullarini yaratish va ulardan amalda foydalanish bilan shug’ullanadigan metallurgiya sohasi. Unda elektrotermik va elektrokimyoviy jarayonlar qo’llaniladi. Elektrotermik jarayonlar rudalarvakontsentratlardan metallarni ajratib olish, qora va rangli metallarni, ularning asosidagi qotishmalarni olish va rafinatsiyalashda ishlatiladi. Bu jarayonlarda elektr energiyasi texnologik issikdik manbai hisoblanadi. Elektrokimyoviy jarayonlar asosan qora va rangli metallar ishlab chiqarishda qo’llanadi. Elektrotermik jarayonlar po’latni yoyli va induktsion pechlarda eritishni, maxsus Elektrometallurgiyani, rudani tiklash usullarini, shaxta elektr pechlarda cho’yan olishni, nikel, qo’rg’oshin va boshqalar metallar olish usullarini o’z ichiga oladi. Bu jarayonlar Galvanotexnika, elektroliz usullariga asoslanadi. Rux, marganes, nikel, temir va boshqalar metallar sanoat miqyosida rafinasiyalab olinadi. Alyuminiy, magnit, kaliy va boshqalar suyultirilgan tuzlarni 700— 1000 trada elektrolizlab olinadi. O’zbekistonda Bekobod shahridagi O’zbekiston metallurgiya zavodida metallar asosan elektr pechlarda olinadi.