ELEKTRON PUL
ELEKTRON PUL – hisob-kitoblarni elektron hisoblash mashinalari yordamida bajarish uchun qo’llanadigan kredit pullarning eng so’nggi turi; kredit kartochkalariga o’xshagan pul. Elektron pul elektron kartochka bo’lib, uning xotirasiga pul egasining joriy hisobidagi pul summasi yozilgan bo’ladi. Pul to’lash uchun elektron kartochki EHMga kiritiladi va kartochka avtomatik ravishda to’lanishi zarur pul summasini o’chirib, uni pul oladiganlarning elektron hisobiga yozib qo’yadi.