ELEKTROSTAL

ELEKTROSTAL (1938 yilgacha Zatishe) — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 146,3 ming kishi (2002). Moskva yaqinidagi metallurgiya va og’ir mashinasozlik sanoatlari markazi. Elektr metallurgiyasi (“Elektrostal”, “Elektrostaltyajmash”), elektr buyumlari, “Elektroselmash” zdlari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Moskva po’lat va qotishmalar intining filiali faoliyat ko’rsatadi.