ELEMENTAR MATEMATIKA
ELEMENTAR MATEMATIKA — matematikaning, asosan, o’rta va o’rta maxsus ta’lim hajmidagi bo’limlarini ichiga olgan qismi. Elementar matematikaga arifmetika, sonlarning elementar nazariyasi, elementar algebra, elementar geometriya va trigonometriya kabi sohalar kiradi. Elementar matematikani “o’zgarmas miqdorlar matematikasi” deb ta’riflaydilar, lekin bu ta’rif uncha to’g’ri emas. Elementar matematikada o’zgaruvchi miqdorlarning nisbatan sodda, ya’ni elementar xossalari ham o’rganiladi (masalan, kvadratik funktsiya va uning grafigi).