ELIMINATSIYA

ELIMINATSIYA – mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish; tovarni bozordan raqobatbardoshligi va talabni yoqotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi, hayotiylik davridagi o‘rni; firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa korsatkichlar qo’llanadi.