ELITALARNI TANLASH, SARALASHNING ANTERPRENERLIK TIZIMI

ELITALARNI TANLASH, SARALASHNING ANTERPRENERLIK TIZIMI — gildiyalar tizimining aksi. Uni a) ochiqligi, yetakchi o’rinlarni egallashda barcha ijtimoiy guruh vakillarining keng imkoniyatlarga egaligi; b) rasmiy talablar, institutsional filtrlarning kam miqdori; v) elitalarni saralovchi doirasining kengligi, hatto mamlakatning barcha saylovchilari bo’lishi mumkinligi; g) rahbarlik o’rinlarini egallash uchun kurashning o’tkirligi saralashning raqobatliligi; d) shaxsiy fazilatlar, faollikning, keng tinglovchilar hayrihoxligiga erisha olishning birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi. Bu tizim demokratik davlatlar uchun xos.