ELOV BOLTA

ELOV BOLTA (1949.19.7, G’ijduvon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2005). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1971). 1971 yildan G’ijduvon tumanidagi 8-maktabda matematika va informatika o’qituvchisi. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1998).