ELTON

ELTON — Kaspiybo’yi pasttekisligidagi ko’l. Rossiya Federatsiyasi Volgograd viloyatida, G’arbiy Qozog’iston chegarasiga yaqin joyda, dengiz sathidan 14,7 metr pastda joylashgan. Maydoni 152 kilometr kvadrat, uzunligi qariyb 20 kilometr, eng keng joyi 15 kilometr. Eltonga 7 sho’r kichik Daryo va bir necha sho’r buloqlar quyiladi. Ko’lning tubi qalin tuz va mineral balchiq qatlamlaridan iborat. Eltondan ko’plab osh tuzi, mineral tuzlar va shifobaxsh balchiq qazib olinadi. Ko’l yaqinida Elton shaharchasi va balneobalchiq kurorti joylashgan.