EMBA

EMBA — Qozog’istonning Oqto’ba va Aterov viloyatlaridagi daryo. Mugojar tog’laridan boshlanib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Uzunligi 712 kilometr, havzasining maydoni 40,4 ming kilometr kvadrat. Emba, asosan, qor suvlaridan to’yinadi. Mart oxiri — aprel boshlarida sersuv, boshqa vaqtlarda esa suvi juda kamayib ketadi. Faqat kuzgi yomg’irlar vaqtida bir oz suvi ko’payishi mumkin. O’rtacha yillik suv sarfi (Orolto’be ovuli yonida) 17,5 metr kub/sekund. Suv ozligidan ayrim qurg’oqchil yillarda Embaning etak qismi qurib qoladi. Emba noyabr oxiridan mart oxirlarigacha muzlab yotadi.