EMBARGO
EMBARGO (ispancha — xatga olish, man etish) — davlat tomonidan muayyan tovarlar, xizmatlar, valyuta yoki boshqa boyliklarni mamlakatga keltirish yoki boshqa mamlakatlarga olib ketish, chetga chiqarishni taqiqlab qo’yish; ayrim mamlakatlar yoxud mamlakatlar guruhi bilan savdo munosabatlarini to’la taqiqlash; iqtisodiy yoki siyosiy, moliyaviy, ilmiy-texlik tazyiq vositasi bo’lib, hukumat tomonidan joriy etiladi. BMT qaroriga ko’ra, BMT Ustavini buzganligi yoki boshqa nojo’ya ishlari uchun jazo chorasi tarzida muayyan mamlakatlarning boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalarini to’sib qo’yshi ham Embargo hisoblanadi.