EMBIYALAR

EMBIYALAR — hasharotlar turkumi. Uzunligi 1,5—22 millimetr. Qanotlari kalta, 2 juft; odatda, faqat erkaklarida rivojlangan. Ayrim turlarida ikkala jins ham qanotsiz. Og’iz organlari kemiruvchi. Mo’ylovlari boshidan uzunroq. Oldingi oyoqlari uchki qismida pufaksimon; ipak hosil qiluvchi suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari bor. Qorin bo’limining uchki qismida 2 bo’g’imli o’simtasi joylashgan. Lichinkasi voyaga yetgan davriga o’xshash; chala o’zgarish orqali rivojlanadi, 200 ga yaqin turi ma’lum; asosan, tropik va subtropik hududlarda tarqalgan; ko’proq o’rmonlarda oila bo’lib inda yashaydi. Daraxtlar o’rta dengiz, po’stlog’i va toshlar OS embiyasi. tiga, tuproqqa ipak iplardan ko’p tarmoqli naysimon in quradi. O’simlikxo’r, ayrim turlari o’simliklarga birmuncha ziyon etkazadi; ba’zi turlari yirtqich. Qrim va Kavkazda relikt Embiyalar, O’rta Osiyo hududida qanotsiz Turkiston Embiyalari tarqalgan.