EMBRIOLOGIYA

EMBRIOLOGIYA (embrion va ..logiya) — embrion (murtak, pusht) ning hosil bo’lishi va rivojlanishi qonuniyatlari to’g’risidagi fan. Odam va hayvonlar Embriologiyasi hamda o’simliklar embriologiyasi farqlanadi. Odam va hayvonlar Embriologiyasi old embrional taraqqiyot (oogenez, spermatogenez), uruglanish, embriogenez, ya’ni tuxum va embrion parda ichidagi rivojlanish, shuningdek, lichinkalik (ko’pgina umurtqasizlar va amfibiyalarda), postembrional (baliqlar, sudralib yuruvchilar va qushlarda) yoki postnatal (sut emizuvchilarda) davrlarni o’rganadi. Odam Embriologiyasi embrionning erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan ayol jinsiy hujayrasi (tuxumhujayra) ning qo’shilib urug’lanishi (murtak boshlang’ichi) paytidan boshlab to organlarning vujudga kelishi (organogenez)gacha bo’lgan rivojlanish davrlarini o’rganadi. Akusherlik amaliyotida tuxumhujayra urug’langach, 8 haftagacha embrion, 9haftadan keyin rivojlanishi homila deb ataladi, shuning uchun embrionning 9 haftadan keyingi rivojlanishidan to tug’ilgunicha bo’lgan davr homiladorlik davri qisoblanadi. Erkak va ayol jinsiy hujayralari bachadon nayi (tuxum yo’li)da bir-biriga qo’shiladi; urug’langan tuxum-hujayra nay orqali bachadonga qarab intiladi va taxm. bir qaftada bachadonga yetib boradi. Bachadonning shilliq pardasi murtakni qabul qilib olishga tayyor turadi. Murtak bachadon devoriga payvandlanib oladi (implantatsiya) va shundan boshlab o’sib, taraqqiy etadi. Embriologiyada murtakning bir necha taraqqiyot bosqichi farq qilinadi: otalangan tuxumqujayraning bo’linishi, murtak varaqlarining paydo bo’lishi, organlarning shakllanishi va rivojlanishi. Vazifasi va tadqiqot usullariga ko’ra, umumiy, qiyosiy, eksperimental, populyasion va ekologik Embriologiya ajratiladi. Qiyosiy Embriologiya dalillari hayvonlarning tabiiy sistemasini ishlao chiqish uchun asos bo’ladi. Eksperimental Embriologiya a’zo va to’qimalarni olib tashlash, ko’chnrib o’tqazish va sun’iy muhitda o’stirish orqali ularning kelib chiqishi mexanizmlari va ontogenezda rivojlanishini o’rganadi. Embriologiya tsitologiya, genetika, biokims, molekulyar biologiya va boshqalar fanlar bilan birgalikda rivojlanishi natijasida individual rlvojlanish qonuniyatlari haqidagi fan — rivojlanish biologiyasi yoki ontogenetika vujudga keldi. Hindiston, Xitoy, Misr va Yunonistondagi (miloddan avvalgi 5-asr) embriologik tadqiqotlarda diniyfalsafiy ta’limot aks etgan. Bu qarashlar Gippokrat va Aristotel asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Gippokrat va uning izdoshlari odam embrioni rivojlanishini o’rganishga ahamiyat berib, uni tovuq tuxumidan jo’janing shakllanishiga qiyoslashni tavsiya qilganlar. Aristotelning embriogenezda a’zolarning ketmaket shakllanishi to’grisidagi ta’limoti epigenetik tasavvurlarga asoslangan. Bu qarashlar 16-asrgacha deyarli o’zgarishsiz qoldi. U Garvey asarining nashr qilinishi (1651) Embriologiya rivojida muhim burilish yasadi. Italiyalik olim M.Malpigi mikroskop yordamida jo’ja rivojlanishining xuddi shu bosqichida ilgari ma’lum bo’lmagan qism (a’zo)larini ko’rishga muvaffaq bo’ldi (1672), u Embriologiyada 18-asr oxirigacha saqlanib kelgan preformistik tasavvurlar (embrion rivojlanishi unda oldindan mavjud bo’lgan xilmaxil strukturalarning o’sishi)ni yoqlab chiqqan. Bunga K.F.Volf o’z asarlaridagi (1759) ma’lumotlar bilan qattiq zarba berdi. Hozirgi zamon Embriologiyasining asoschisi K.M.Ber sut emizuvchi hayvonlar va odam tuxumdonidagi tuxumni kashf qildi va tavsiflab berdi (1827). Evolyutsion qiyosiy embriologiya Ch.Darvin nazariyalariga asoslangan. A.O. Kovalevskiy va I.I.Mechnikovning ilmiy izlanishlari turli tiplarga mansub hayvonlarning bir-biriga qarindoshligini isbotlaydi. A.O.Kovalevskiyning embrional varaqlar to’g’isidagi nazariyasiga (1871) ko’ra, barcha ko’p hujayrali hayvonlarning asosiy a’zolar sistemasi dastlab hujayra qatlamlari ko’rinishida rivojlanadi. Bu ko’p hujayrali hayvonlar barcha tiplarining kelib chiqishi bir ekanini ko’rsatadi. Tavsiflovchi tadqiqotlar bilan bir qatorda eksperimental Embriologiya ham rivojlanmoqda. Ilk embrional rivojlanish, urug’lanish, bo’linish, embrional veraqlarning vujudga kelishi, organogenez, gistogenez va patologik rivojlanishning turli ko’rinishlarini o’rganish, ayniqsa, kimyoviy agentlar yordamida rivojlanishni kuchaytirish, embrional shakllanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash, hujayra differentsiatsiyasining genetik va tsitologik asosini ochish hozirgi zamon Embriologiyasi oldidagi muhim masaladir. Embriologiya ma’lumotlaridan (tibbiyotda turli anomal va tug’ma majruhliklarni oldindan bilib olish), qishloq xo’jalik amaliyotida (masalan, organizmga embrional rivojlanish davrida ta’sir etib, chorva mollari zotini yaxshilash, baliqlarni, foydali hasharotlarni ko’paytirish, zararkunandalarni yo’qotish va boshqalar da) foydalaniladi. Epidemiologik kasalliklar qo’zg’atuvchisi va tarqatuvchilariga qarshi kurashni to’g’ri tashkil etish uchun Embriologiya ma’lumotlari zarur. Ad.: Ibragimov Sh., Shodiev N.,Daminov A., Tsitologiya, gistologiya va embriologiya. T., 1998; To’ychie v S Toshmanov N., Fayzullaev S, tsitologiya, embriologiya va gistologiya, T., 2004.