EMISSIYA
EMISSIYA (lotincha — chiqarmoq, ishlab chiqarmoq) — muomalaga bank biletlari, barcha shakllardagi pul belgilari va qimmatli qog’ozlar chiqarish. Pul Emissiyasini davlatning Markaziy (emissiya) banklari amalga oshiradi. Pul Emissiyasi pul belgilarini bosib chiqarishnigina emas, muomaladagi naqd va naqd bo’lmagan pul massasining ko’payishini ham bildiradi. Qimmatli qog’ozlarni davlat, banklar, aktsiyadorlik jamiyatlari chiqaradi. Muomalaga pul va qimmatli qog’ozlar chiqargan har qanday organ yoki tashkilot (davlat banki, moliya-kredit muassasasi, korxona, kompaniya) emitent deb nomlanadi.