EMMONS UILYAM XARVI

EMMONS UILYAM XARVI (1876. 1.2, Meksiko, Missuri shgati — 1948. 5. 11) — amerikalik geolog. Chikago universitetini tugatgan (1904). 1907 yildan shu universitetda dars bergan, professor (1909). 1911-44 yillarda Minnesota universitetida professor, shtat geologiya xizmatining rahbari. Ilmiy ishlari, asosan, ruda hosil bo’lish nazariyasi va oksidlanish zonasida rudalarning tabiiy paydo bo’lish jarayoniga bag’ishlangan.