EMOTSIYA
EMOTSIYA (Fransuzcha lotincha — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar ta’siriga nisbatan sub’ektiv reaktsiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qo’rquv va boshqalar shakllarda namoyon bo’ladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat bo’lib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam bo’lganida Emotsiya salbiy (qo’rquv, g’azab) shaklda namoyon bo’ladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori bo’lganida Emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki ta’sir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy Emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya po’stlog’ining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, o’rta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, Markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiya o’rganish, hosil bo’lgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni o’zlashtirish (zehn) chegarasini kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qo’shimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonasiyasi va boshqalar) bo’ladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo bo’luvchi differentsion va turgun Emotsiyalar, odatda, hissiyot deb ataladi.