Emulsiya
Emulsiya – 1) ikki xil suyuqlik qorishmasi; 2) suvli tarkiblar va lak-bo’yoq tarkiblarining sifatini yaxshilovchi hamda olif tejalishini shart-sharoitlovchi bog’lovchilar va suyultirgichlar guruhi. Emulsiyalar shpaklyovkalar va gruntovkalar tayyorlashda olif o’rnida ishlatiladi. Bitumli va degtevli emulsiya gidroizolyatsiya ostidagi asoslarni gruntovka qilish, o’ramli tom materiallarni yopishtirish hamda asfalt qorishmalarini tayyorlash uchun qo’llanadi. Masalan: chirishga qarshi emulsiya, suv yuqtirmaydigan emulsiya, suyuq emulsiya va hokazolar.