ENDOSKOPIYA
ENDOSKOPIYA (Endo… va skopiya — ko’rish) — kovak, ichi bo’sh a’zolar (me’da, to’g’ri ichak, qovuq, bronxlar va boshqalar) ni optik asbob (endoskop) yordamida ko’rib, tekshirish usuli. Bronxoskopiya (bronxlarni), gastroskopiya (me’dani), tsistoskopiya (qovuqni), kolonoskopiya (yo’g’on ichakni) va boshqalar a’zolarni tekshirish xillari bor. Endoskopiya kasallikni aniqlash (me’daichak yarasi, o’smalari, tsistit, kolit, bronxit, o’smalardan gistologik tekshirishga biopsiya — to’qima bo’lagini olish) va davolash (yot jismlarni olib tashlash, polip, qonayotgan yaralarni kuydirish maqsadida qo’llanadi.