ENDOSPERM
ENDOSPERM (Endo… va sperma) o’simlik urug’ida hosil bo’ladigan oziq to’qima. Ochiq urug’lilarda Endosperm urug’lanishdan oldin murtak xaltasidan paydo bo’lib, jinsiy gametofitga mos keladi. Endosperm hujayralari dastlab gaploid, yadrolari qo’shilgandan so’ng diploid bo’lib qoladi. Gulli o’simliklar Endospermi qo’sh urug’lanish natijasida murtak xaltasi diploid Markaziy hujayrasidan hosil bo’ladi; triploid hujayrasi changchi va urug’chi genomiga ega. Endosperm o’sayotgan murtakni oziq moddalar bilan ta’minlaydi; tarkibida kraxmal, yog’ yoki boshqa moddalar ko’p. Endosperm ko’pchilik gulli o’simliklarning etilgan urug’ida, xususan, barcha bir pallalilar (suv va botqoqlik o’simliklardan tashqari), ko’pchilik ikki pallalilarda bo’ladi. Biroq bir qancha ikki pallalilar (dukkaklilar, qovoqdoshlar, qoqidoshlar, karamdoshlar, eman, qayin va boshqalar)da Endosperm bo’lmaydi, chunki urug’ shakllanishining dastlabki davrlarida Endosperm o’sayotgan murtakka so’rilib ketadi.