ENESKU JORJE

ENESKU JORJE (1881.19.8, hozirgi Jorje Enesku, Ruminiya — 1955.4,5 Parij) — rumin kompozitori, skripkachi, dirijyor, pedagog. Zamonaviy rumin kompozitorlik maktabi asoschisi. Vena (1893) va Parij (1899) konservatoriyalarini tugatgan. Uslubi milliy musiqa (leutarlar ijodi) hamda Yevropa kompozitorlik san’ati (ayniqsa, musiqiy romantizm va impressionizm) an’analarining uyg’unlashuviga asoslangan. Ijodida insonning qismat ustidan erishgan g’alabasi (“Edip” operasi, 1936, ijodning cho’qqisi; 3 simfoniya, 1905-18; kamer simfoniya, 1954; so’nggi kvartetlar, 1944-51 va boshqalar), Vatan (milliy quylarga asoslangan “rumin poemasi”, 1897; 2 rumin rapsodiyasi, 1901; skripka va fortepiano uchun 3 sonatasi, 1906 va boshqalar) va boshqalar mavzular yorqin ifodasini topgan. Enesku №99 yildan Yevropa va Amerika mamlakatlarida gastrolda bo’lib jahonning eng yirik skripkachi va dirijyorlaridan biri sifatida Shuhrat qozongan. Ulug’vor va jo’shqin ijro uslubi mukammal texnikaga asoslaigan. Keng qamrovli repertuaridan mumtoz (Bax, Mosart, Betxoven, Brams va boshqalar) va zamonaviy (ayniqsa, fransuz), shuningdek, rumin kompozitorlari asarlari o’rin olgan. 1958 yildan Buxarestda Enesku nomidagi xalqaro musiqa festivali o’tkaziladi.