ENTEROVIRUSLAR
ENTEROVIRUSLAR (ichak viruslari) — odam va umurtqali hayvonlarning me’daichak yo’lida bo’ladigan, o’zida ribonuklein kislotalar (ribonuklein kislotalar) saqlaydigan viruslar turkumi. Ichak, Markaziy nerv sistemasi, yurak va boshqalar a’zolarning zararlanishi bilan kechadigan turli kasalliklarga sabab bo’ladi. Enteroviruslarga poliomielit virusi, Koksaki viruslari va ekxoviruslar kiradi. Enteroviruslarning yangi turlari (masalan, Enteroviruslar 70, odamning ko’z kon’yunktivasini zararlaydi) kashf etilgan. Enteroviruslar tashqi muhitda uzoq vaqt yashash qobiliyatini saqlaydi, kislotaga chidamli.