ENTSELAD
ENTSELAD (qadimgi yunon mifologiyasidagi Entselad nomidan) — Saturn sayyorasining yo’ldoshi; 1789 yilda Gershel kashf etgan. Diametri 500 kilometr, sayyoradan o’rtacha uzoqligi 238 ming kilometr. Massasi Oy massasining 0,001 ulushini tashkil qiladi. Sayyora atrofini 1 sutka 8 soat 53 minutda aylanib chiqadi.