EPOKSID POLIMERLAR
EPOKSID POLIMERLAR epoksid smolalar yoki epoksid oligomerlarning qotiruvchilar ishtirokida polimerlanish mahsulotlari. Oddiy epoksidlar asosida olingan materiallar mexanik va issiqlik ta’siriga 155°gacha chidaydi, ammo Epoksid polimerlarning o’zi nisbatan yuqori bo’lmagan issiqlikka bardosh bera olmaydi. Yuqori haroratga chidamli Epoksid polimerlar: 1) epixlorgidrinni yuqori haroratga chidamli fenol komponentlari bilan kondensatlab; 2) epixlorgidrinni boshqa oksid komponentlar, xususan, bisepoksidlar bilan almashtirib olinadi. Diepoksid asosida yangi tsikloalifatik Epoksid polimerlar chiqariladi. Ular kislota oksidlari bilan qotiriladi va yuqori haroratga bardosh bera oladi, dielektrik xossalarini 200°gacha saqlaydi. VG’3 bilan qotirilgan Epoksid polimerlar gidroksil guruhlarning kamligi va katta pishiklikka egaligi bilan farqlanadi, shuningdek, uzoq vaqt davomida 200° haroratga chidaydi. Epixlorgidrin va 2 atomli fenolni ishqor ishtirokida qizdirilganda tola hosil qiluvchi aromatik polioksibirikmalar — Epoksid polimerlar olish mumkin. Epoksid polimerlarning issiqlikka bardoshligini oshirish maqsadida makromolekula tarkibiga ko’p atomli fenollar kiritiladi.