EPYURA
EPYURA (Fransuzcha — chizma) — fazoviy shakl ortogonal proektsiyalash usulida tasvirlanadigan chizma. Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasila sterjen (masalan, to’sin)larda tashqi kuchlar ta’sirida vujudga keladigan ichki kuchlar (bo’ylama va ko’ndalang kuchlar, eguvchi va burovchi momentlar), kuchlanishlar (normal va urinma) hamda ko’chishlarning o’zgarishini ifodalovchi grafik. Ko’chishlarni fafoanalitik va “epyuralarni ko’paytirish” usulida aniqlashda eguvchi momentlar Epyurasidan foydalaniladi.