EREBUS
EREBUS — Antarktidaning g’arbiy qismidagi harakatdagi vulkan, Ross orolida. Balandligi 3794 metr. Bazalt jinslardan tuzilgan. Kalderasida fumarol va geyzerlar bor. 1841 yilda qutb tadqiqotchisi E. Ross rahbarligidagi ingliz ekspeditsiyasi tomonidan kashf etilgan va ekspeditsiya kemalaridan birining nomi bilan Erebus deb atalgan.