ERGASHEV AVAZ

ERGASHEV AVAZ (1949.1.7, Samarqand viloyati Jomboy tumani) — usta dehqon, O’zbekiston qahramoni (2003). Samarqand qishloq xo’jalik intini tugatgan (1975). Jomboy tumanidagi Xo’jam Nizamatov nomidagi jamoa xo’jaligida turli lavozimlarda ishladi (197084), shu tuman qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i (198486), X.Nizamatov nomidagi jamoa xo’jaligi boshqaruvi raisi (1986— 95), viloyat don mahsulotlari aktsiyadorlik uyushmasi raisi o’rinbosari (1995-97), “Jomboydon” aktsiyadorlik jamiyati raisi o’rinbosari (1997-98), Jomboy tumani “oq oltin” jamoa xo’jaligi raisi (1998-2001). 2001 yildan X.Nizamatov nomidagi shirkat xo’jalig’i raisi. Ergashev rahbarlik qilgan xo’jalik respublikadagi ilg’or va iqtisodiy baquvvat xo’jaliklardan biri bo’lib, paxta, g’alla, pilla, sabzavot, poliz ekinlari yetishtirishda yuqori ko’rsatkichlarga erishdi. Xo’jalikda paxtadan 35tsentner/gektar (810 gektar), g’alladan 58 tsentner/gektar (750 gektar) hosil olishga erishildi (2003). Xo’jalikda qishloq infratuzilmasini hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda. Xo’jalik ma\allalardagi kam ta’minlangan oilalarga, maktablarga, bolalar oromgohlariga, bolalar sportini rivojlantirishga homiylik yordami ko’rsatib keladi.